Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: «Falonchi sening haqqingda falonday, pistonday noma’qul gaplarni gapirdi», debdi.
— Qachon?
— Bugun.
— Qayerda?
— Uyida.
— Uning uyida nima qilayotgan eding?
— Ziyofatga boruvdim.
— Ziyofatda nima yeding?
Haligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi. Shunda Hasan Basriy (q.s.):
— O‘sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig‘diyu bir og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu yerdan! — dedilar va g‘iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.