DXX yo‘l-qurilish tizimidagi mansabdorlar jinoyatini fosh qildi

DXX tadbirlari natijasida 2017 yil Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zyo‘lbutlash” Respublika taʼminot boshqarmasi UK tomonidan pudratchi “Bekobodyo‘lindustriya” UK ga M-39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi 1265 — 1297 km. qismini rekonstruksiya qilish uchun 1103,2 tonna yo‘lbop import bitum mahsuloti yetkazib berilgan.

Ajratilgan bitum mahsuloti qayd etilgan obyektga sarflanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, “Bekobodyo‘lindustriya” unitar korxonasining mansabdor shaxslari qurilish ishlarini yakuniga yetkazmasdan, 738,2 tonna bitumni boshqa korxonalarga 933 mln. so‘mga sotib, undan tushgan pul mablag‘larini maqsadsiz sarflab yuborishgan.