Samarqanddagi 5 xonadonda yong‘in chiqdi

Bugun, 19 may kuni tunda Samarqand tumani “Joyisoy” MFY Birdamlik ko‘chasidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 03:51 da yong‘in xabar tushgan. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajii va “KAMAZ” yordamchi avtomashinasi jalb etilgan. Yong‘in joyiga soat 04:06 da yetib borilgan va soat 05:38 da alanga to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 5 ta xonadonning taxminan 490 m. kv maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.