Mashhur tabib Ibn Sinoning oldiga bir kishi keldi.
– Uyimga borib o‘g‘limni ko‘rib qo‘ysangiz, hazrat. U g‘alati yuribdi, tobi yo‘g‘-ov.
– Isitmasi bormi?
– Bor. O‘zini betartib tutayaptiyam.
– Ozganmi?
– Ha.
– Ko‘zi kosasiga chuqur botganmi?
– Judayam.
– Gʻazal eshitsa ta’sirlanishi qanday?
– Goh shod, goh g‘amgin.
– Uyqusi-chi?
– Uxlamaydi.
– Ba’zan o‘ziga o‘zi gapiradi, kuladiyam-a?
– Ha.
– Kasali sal og‘irroq.
– Nima?
– U sevib qolgan.