Go‘sht fabrikasida ishlaydigan bir ayol ish tugagandan so‘ng muzlatkichlarni tekshirish uchun kirganda eshik bexosdan yopilib ayol muzlatkichni ichida qolib ketdi.
Ayol ovozi boricha baqirib yordam so‘radi. Muzlatkich eshigini tepdi, yig‘ladi, ammo hech kim eshitib yordamga kelmadi.
Ish vaqti tugagani uchun hamma ishchilar uylariga ketib bo‘lishgan edi.
Oradan bir ikki soat o‘tgandan keyin muzlatkich eshigini eshik yonida turadigan qorovul ochdi. Ayol hayron bo‘lib qorovuldan so‘radi:
– Siz meni muzlatkichga qamalib qolganimni qayerdan bildingiz? Axir syex ichini tekshirish sizni vazifangizga kirmaydiku?
– Men o‘ttiz besh yildan beri shu yerda ishlayman. Bu yerga qanchasi kelib ketadi, lekin birortasi men eshik tagida turib ularni kelib ketishini kuzatishimni sezishmaydi. Guyoki men yuqdek odamman ularga…
Ammo siz har kuni ertalab men bilan salomlashib kechki mahal xayrlashib ketasiz. Birgina sizni shu ko‘ngil uchun hol axvol so‘raganingiz uchun men o‘zim inson ekanimni his qilaman.
Ertalab salom berib ishga kirib ketdingiz, ammo ish tugagandan so‘ng sizni xayrlashib chiqib ketishingizni ko‘rmaganim uchun ichkarida biror narsa bo‘lgandir deb xabar olib kirgandim, – dedi.