Tulki daryoning nargi qirg‘og‘ida turgan tuyadan so‘radi:
— Daryo chuqur emasmi?
Tuya javob berdi:
— Yo‘q, yelka barobar.
Tulki o‘zini suvga otgan edi daryo chuqurligidan uni domiga torta boshladi. U goh suv ichiga g‘arq bo‘lib, goh tipirchilab zo‘rg‘a boshini suvdan chiqarib, arang bir toshga tirmashib jonini saqlab qoldi. Keyin hansiragancha tuyaga baqirdi:
— Sen daryoni yelka barobar, demaganmiding?!
Tuya yana xotirjam javob berdi:
— Ha, shunday, lekin u mening yelkam barobar.
Qissadan hissa:
Birovdan maslahat so‘rasangiz, u o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib maslahat berishi mumkinligini hisobga oling. Hammaning ham ko‘rsatmalari yoki yo‘rig‘ini to‘lig‘icha o‘zingizga yo‘l tutmang. Yo‘qsa, ular kechib o‘tgan yo‘l, sizni g‘arq qilishi mumkin.