Ayoli eriga achinib dedi:
«Men sizning uka-singillaringizchalik tuban qondoshlarni ko‘rmadim. Siz boy bo‘lsangiz darrov atrofingizda bo‘lishadi. Qo‘lingiz kalta bo‘lganida ularni qidirib ham topa olmaymiz!»
Eri samimiyat bilan javob berdi:
«Ey jufti halolim! Qachonki Alloh bizga mol-mulk bersa, ular yonimizga kelishadi. Shu mol-mulkni ularga sarflab, savob olishimiz uchun Alloh bizga imkon beradi. Silai-rahm jonlanadi.
Qachonki biz qiyin vaziyatda qolsak, ular bizni yanada qiyin vaziyatga qo‘ymaslik bezovta qilishmaydi. Natijada, sabr qilish bilan Alloh bizga ulkan ajr beradi».