Keksa otaxondan so‘rashdi:
– Bolalaringizni sog‘inasizmi?
Otaxon javob berdi:
– Men bolalarimning bolaligini sog‘inaman…
Chunki, u vaqtlarda bolalarim uzoqqa ketsam meni yig‘lab sog‘inishar edi.
Eshikdan kirsam, kulib kutib olishardi. Men uyda bo‘lmasam, meni qidirishar, mensiz ovqat ham yegilari kelmas edi… Endi-chi… Hammasi aksi…
Ota-onalarimiz shu ko‘yga tushib qolishmasin. Illo, qaytar dunyoligini unutmaylik!