Ajoyib kunlarning birida ustoz shogirdini tog‘ etagiga olib bordi. U yerda devorlari tik va baland labirint qurilgandi. Tomi bo‘lmaganidan yo‘laklarning ichiga quyosh nuri tushar, yop-yorug‘ edi.
Usta shogirdini labirintga kiritib, chiqish yo‘lini topishni buyurdi. Shogird yo‘laklar orasida uzoq vaqt adashib yurdi, borgan sari boshi berk yo‘llarga kirdi. Horib-charchab, madori qolmay, yiqildi va uyquga ketdi.
Kimdir yelkasidan turtayotganini sezib, ko‘zlarini ochdi. Tepasida ustozi turardi:
– Ortimdan yur, – deb buyurdi u.
Labirintdan chiqishgach, ustoz tog‘ tomon yo‘l boshladi. Cho‘qqiga ko‘tarilgach, u dedi:
– Pastga qara!
Ular turgan joydan labirint kaftdek namoyon edi.
– Bu yerdan turib chiqish yo‘lini topish oson-a? – dedi ustoz.
– Hec
Tafakkur vaqti: Chiqish yo‘li

– Hech bir qiyin joyi yo‘q, – dedi shogird. – Diqqat bilan qaralsa bo‘lgani.
– Qani, chiqish yo‘lini top-da, esingda saqlab qol.
Biroz vaqtdan so‘ng tog‘dan tushishdi. Shogird labirintga ishonch bilan qadam qo‘ydi va qiynalmay tezda chiqish yo‘lini topdi. Shundan so‘ng ustozi unga shunday nasihat qildi:
– Vaziyatdan qancha uzoqlashib, unga qancha tepadan qarasang, to‘g‘ri qaror qabul qilishing shunchalik oson bo‘ladi.
h bir qiyin joyi yo‘q, – dedi shogird. – Diqqat bilan qaralsa bo‘lgani.