Tafakkur vaqti: O‘Ch

Bir dono ayolga hayotda tajribasi yo‘q ayol xasrat va alam bilan murojaat qildi..

— Opajon men turmush o‘rtog‘im bilan ajralishmoqchiman. Men undan o‘ch olmoqchiman. Unga shunday azob berayki! U qiynalsin, alamidan faryodi ko‘kka yetsin. Nima qilsam u azobda qoladi?
Shunda dono ayol yosh juvonga shunday maslahat berdi:
— Siz xojangizga go‘yoki uni o‘ta sevib qolgan ayol rolini o‘ynang. Hammasi shundek tabiiy bo‘lsinki, natijada u siz ko‘rsatayotgan mehr muhabbatdan hech qayoqqa qocha olmay sizni sevib qolsin. Siz shunday harakat qilingki, o‘zingizni telbalarcha sevdiring. U sizni sevib qolgandan so‘ng esa, marhamat siz uni tashlab ketavering. Ana u azob dunyodagi eng oliy jazo bo‘ladi!

Bu maslahat ayolga ma’qul tushib debdi:
— Agar maslahatingiz natija bermasachi?
Dono ayol:
— Albatta natija beradi. Menga ishoning, — debdi tabassum bilan..
Ayol uyiga jo‘nab ketibdi. O‘sha kundanoq dono ayol aytgan har bir so‘ziga amal qila boshlabdi…
Oradan bir yilcha vaqt o‘tib, ko‘chada ushbu ayol dono ayol bilan behos uchrashib qolibdi..

Dono ayol so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi? Hojangiz bilan ajralishmoqchi edingiz?
Shunda ayol javob beribdi:
— Men ajralisharkanmanmi? Men-a!? Men hayotimdan kechsam kechamanki, hayotim mazmuni bo‘lgan hojamdan o‘lgunimcha ajralmayman. Menga ularsiz, ularga mensiz hayot yo‘q!- debdi…