Tafakkur vaqti: Oqila hukmdor

Ray shahrida hukmronlik qilgan Faxruddavlaning Sayyida ismli ayoli bor edi. Faxruddavlaning vaqt-soati yetib o‘lganda uning o‘g‘li Majduddavla hali yosh bola edi.

Unga shoh unvonini berdilar-u hokimiyatni Sayiida boshqara boshladi. Sayyida oqila, davlat ishlarida mohir hukmdor bo‘ldi. O‘g‘li voyaga yetgach ham o‘g‘li otasiga tortmagani, davlat ishlariga befarqligi uchun o‘ttiz bir yil hokimiyatni boshqardi.

Bir kuni Mahmud ibn Sabuktegin unga noma yozib, undan nomiga xutba o‘qitish, soliq to‘lash va tanga zarb qilish haqida buyruq berdi. Aks holda, Ray shahrini vayron qilishini aytdi.

Sayyida Mahmudning elchilariga shunday javob berdi: «Sulton Mahmudga aytinglarki, erim tirikligida Mahmudning Rayga hujum qilishidan xavotirda edim. Erim o‘lgandan so‘ng esa bu tashvish dilimdan ketdi. Men o‘zimga o‘zim “sulton Mahmud aqlli shoh, u mendek ayol bilan jang qilmaydi.

Chunki urushda albatta bir qo‘shin g‘alaba qiladi. Agar men g‘alaba qilsam, butun dunyo sulton Mahmud ayol kishidan mag‘lub bo‘ldi, deydi. Menga atab qasidalar bitadilar. Agar sulton yutsa, bir ayolni mag‘lub etgan bo‘ladi, xolos». Xuddi shu bir og‘iz gap uchun sulton Mahmud Rayga o‘lgunicha hujum qilmadi.

Yoqub Umar tarjimasi