Cho‘pon dengiz yaqinida qo‘ylarini boqardi. Qarasaki, dengiz nihoyatda tinch, buni ko‘rib xayolini dengizda suzishu savdogarlik qilish o‘yi band etdi. Cho‘pon tezda qo‘ylarini sotib, puliga xurmo sotib oldi, kemaga otdi-yu, hayo huyt deb safarga chiqdi.
Ittifoqo, dahshatli dovul qo‘zg‘alib, kemani chirpirak qilib ag‘dardi – butun moli dengiz qa’riga ketdi, o‘zi arang qirg‘oqqacha suzib kelib jon saqladi.
Dengiz qirg‘og‘ida behol yotarkan, qarasaki, bir kishi dengizga tikilganicha uning sokinligini maqtab turibdi.
Cho‘pon unga qarab:
«Birodar, chamasi, dengiz sendan ham xurmo kutayotganga o‘xshaydi!» – dedi.
Alqissa, oqil kishilar uchun ko‘rgiligu sho‘rishlari saboq bo‘ladi.
Ezop masallaridan