TIV Rossiyadagi o‘zbek talabalari murojaati yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axboroti Rossiyadagi talabalar yuzasidan bayonot berdi.

“Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning murojaati munosabati bilan O‘zbekiston Elchixonasi diplomatlari vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida Kursk viloyatiga jo‘nab ketganini ma’lum qilamiz.

Natijalar to‘g‘risida qo‘shimcha xabar beramiz”, deyiladi bayonotda.