Past Dargʻom tumani hududidan oʻtuvchi kanalda yosh qizning jasadi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Past Dargʻom tumani hududidan oʻtuvchi kanalda yosh qizning jasadi topilganligi haqida xabarlar eʼlon qilindi. Ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi axborot xizmati bayonot berdi.

Aniqlanishicha, 2022-yil 1-oktyabr kuni Past Dargʻom tumani “Kamolot” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Erteshar” suv taqsimlash kanalida Samarqand shahrida yashagan 18 yoshli YU.M. (ayol)ning murdasi topilgan.

Mazkur oʻlim sababi va boshqa holatlarni aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi hamda tegishli xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Past Dargʻom tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish mobaynida videoxabarda koʻrsatilgan boshqa holatlar ham oʻrganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.