Andijondagi “Jahon savdo kompleksi”da yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 19 oktyabr kuni soat 03:46da Andijon shahar, Yorboshi MFY, Naiman ko‘chasida joylashgan “Jahon savdo kompleksi” AJga qarashli do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 03:56da yetib borishib, yong‘in soat 04:00da to‘liq qurshab olingan, soat 04:16da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi, deyiladi xabarda.