Ko‘kdalada 11 gektar lalmi yer 30 nafar fuqarolarga uy-joy qurish uchun noqonuniy sotib yuborildi

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, fuqaro B.J. Ko‘kdala tumani hududidagi «X.F» fermer xo‘jaligiga ajratilgan jami 44 gektar lalmi yerning 11 gektarini 30 nafar fuqarolarga uy-joy qurish uchun sotib yuborib, qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgan holda, ekin yer maydoniga 687,7 mln. so‘m miqdorda zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan B.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.