JSST: Kamharakatlik oqibatida 2030 yilgacha yarim milliard odam xastalikka chalinishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda jismoniy faollik susayishining jiddiy oqibatlari haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Unda qayd etilishicha, kamharakatlik tufayli 2030 yilgacha Yer yuzida 500 milliondan ortiq kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalininishi mumkin. Ularni davolashga yo‘naltiriladigan sarf-xarajatlar dunyo iqtisodiyotiga 300 milliard dollar ziyon yetkazadi.

Kelib chiqishi kutilayotgan noinfeksion xastaliklarning deyarli yarmi, ya’ni 47 foizi gipertenziya, qolgan 43 foizi esa depressiya bilan bog‘liq bo‘lishi aytilmoqda. Barcha holatlarning to‘rtdan uch qismi kam daromadli va rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilishi ehtimoli katta.

Shuningdek, JSST hisobotida jismoniy faollikning COVID-19 pandemiyasi va boshqa xavfli kasalliklarni yengishdagi ahamiyati ham keltirilgan.