Ozarbayjon Armaniston o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuv bo‘ldi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 19 oktyabr tunda Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjon armiyasining chegaradagi pozisiyalarini vaqti-vaqti bilan o‘qqa tutgani haqida xabar berdi, deb yozadi «Interfaks».

«19 oktyabr kuni soat 22:35 dan 20 oktyabr soat 00:25 ga qadar Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Basarkechar viloyatining Guneshli, Yuxara Sho‘rja va Yuxara Zagala aholi punktlari yo‘nalishidagi (Ozarbayjon va Armaniston chegarasi) pozisiyalaridan Armaniston vaqti-vaqti bilan Dashkesan tumanidagi Astaf va Kalbajardagi Mollabayramli aholi punktlari yo‘nalishida joylashtirilgan qo‘shinlarimiz pozisiyalarini o‘qqa tutdi», — deyiladi xabarda.

Ozarbayjon harbiylari «adekvat javob choralarini ko‘rdi», deya qo‘shimcha qildi agentlik.

Armaniston Mudofaa vazirligi esa aksincha, o‘qqa tutishlar Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilganini ta’kidlagan.