1,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “tuya” qilgan rahbar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A-P.” MCHJ rahbari A.T. turmush o‘rtog‘i S. nomiga tashkil etilgan “O.S.” MCHJga bank filialidan ajratilgan 1 mlrd so‘m hamda “A-P.” MCHJga ajratilgan 200 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.