Suv ayig‘i: dunyoning eng chidamli jonzoti

Tardigrad, yana bir keng tarqalgan nomi suv ayig‘i bo‘lgan ushbu jonzot mikroskop orqali ko‘riladigan sakkiz oyoqli hasharot hisoblanadi. U dunyoning eng chidamli jonzotlari qatoriga kiradi.

Oxirgi marta Yaponiyada yangi jinslari kashf etilgan suv ayiqlari 300 yoki 700 mikrometrni tashkil qiladi. Tanasi ipak qurtiga o‘xshaydigan sakkiz oyoqli suv ayig‘ining o harfiga o‘xshash og‘zi bor. Odatda suvda yoki suv qoyalarida yashovchi suv ayiqlarining asosiy ozuqasi o‘zlaridan ham kichik bo‘lgan rotifer deb nomlangan mikroorganizmlardir.

Suv ayiqlari 520 million yoki 100 million yillardan buyon yashab kelayotganliklari taxmin qilinadi. Olimlar, suv ayiqlari +150 daraja issiqlikda va -272 daraja sovuqda ham jon saqlab qola olishlarini ta’kidlashdi.

Germaniyaning Stuttgard Universitetidagi mikrobiolog Ralf Shill “Dinozavrlarning paydo bo‘lishiga hamda yo‘q bo‘lishiga sababchi bo‘lgan jonzot haqida gap ketyapti” degan edi, suv ayiqlari haqida gapiraturib.

2007 yilda Yevropalik tadqiqotchilar guruhi bir qancha mikro jonzotlarni tajriba qilib ko‘rishdi. Suv ayiqlari atmosferadan tashqarida, suvsiz holatda 12 kungacha yashay olishdi. Suv ayig‘ining yana bir o‘ziga xos xususiyati radiyasiyaga chidamli ekanligidir. Ko‘pchilik jonzotni qisqa fursatda o‘ldiradigan yuqori darajadagi radiyasiyaga ham chiday oladigan suv ayiqlari yer yuzidagi hayotga yakun yasaydigan ulkan kosmik falokatlar ro‘y bersa ham tirik qolishlari aytiladi.