Filippin: ko‘chirmachi talabalarga qarshi g‘aroyib usul

Filippindagi maktablardan birida ko‘chirmakashlikning oldini olish maqsadida o‘qituvchilar tomonidan o‘ylab topilgan kashfiyot ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘lib ketdi.

Legazpiy shahri universitetida, talabalarga boshqalardan ko‘chirmasliklari uchun imtihon vaqtida boshlarini to‘sib olishlari aytildi. Talabalar tuxumlarning karton qog‘ozlari va boshqa turdagi matolar, qog‘ozlar bilan boshlarini to‘sib olishdi.

O‘qituvchilar bu usuldan haqqoniylikni ta’minlash uchun foydalanganliklarini aytishdi. Bikol Universiteti mexanika muhandisligi professori Mariy Joy ham bu fikrning ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Bu usul oktyabr oyining uchinchi haftasida qo‘llandi va yuzlab talabalar shunday holatda imtihon topshirishdi.

O‘qituvchi bunday usulni avval Tailanddagi ta’lim muassasalarida ko‘rgan edi. Talabalar tezda o‘shayerning o‘zida topilgan bor narsadan boshlariga maxsus niqoblar tayyoralb tashlashdi, ba’zilari maxsus kaska kiyishdi. Mariy Joy talabalarining bu ko‘rinishlarini suratga olib ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Ko‘pchilik uning bu usulini qo‘llab-quvvatladi. Hatto Filippin nashriyotlarining ham e’tiborini tortdi.

Professor Mariy Joy bu yil imtihonda hechkim ko‘chirmakashlik qilmaganini hamda talabalar belgilangan vaqtdan oldin javob varaqalarini topshirishganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.