Tafakkur vaqti: Toshga o‘yilgan bitik

Ikki do‘st – Ahmad va Ismoil sahroda suhbatlashib ketisharkan, bir mavzu ustida bahslashib qolishdi. Tortishuv shu darajaga yetdiki, Ismoil Ahmadning yuziga tarsaki tushirdi. Ahmadning dili qattiq og‘ridi, ammo indamadi. Faqatgina qumga: “Bugun eng yaqin do‘stim Ismoil yuzimga shapaloq urdi”, deb yozdi.

Yo‘lda davom etishdi. Bir daryoga yetgach, cho‘milishga qaror qilishdi. Ahmad o‘zini suvga otdi va ko‘p o‘tmay baqira boshladi. U sovuq suvda tomiri tortishib qolib, cho‘ka boshlagandi. Ismoil qutqarish uchun shoshildi va do‘stini suvdan olib chiqdi. Birozdan so‘ng o‘ziga kelgan Ahmad sohildagi katta toshga o‘yib yoza boshladi: “Bugun eng yaqin do‘stim Ismoil hayotimni saqlab qoldi”.

Shunda Ismoil hayratlanib so‘radi: “Nega ozor berganim haqida qumga, hayotingni saqlab qolganimni toshga yozayapsan?” Ahmad tabassum bilan javob berdi:

— Qumga yozilgan yozuvni shamol uchirib ketadi. Xuddi shu kabi, do‘stdan yetgan yetgan ozorni qalbimizdan o‘chirib tashlashimiz kerak. Toshga o‘yilgan bitik esa ancha-munchaga o‘chmaydi. Shu sababli ham do‘stning yaxshiligini toshga yozishimiz kerakki, toki bu umr xotiramizdan o‘chmasin.