​​Tafakkur vaqti: Gʻazablantiradigan gaplar

Sufyon Savriy ashoblaridan so‘radilar:

— Agar orangizda so‘zlaringizni sultonga yetkazuvchi kishi o‘tirsa, sultonni g‘azablantiradigan gaplar aytgan bo‘larmidingiz?
Ashoblari:

— Aslo! Kim ham bunga jur’at qila olardi, — dedilar.

— Shunday ekan, bilinglarki, farishtalar har bir so‘zingizni, albatta, Robbingizga yetkazurlar.

Yaxshi so‘zlarni gapiring, yomon so‘zlardan esa tiyiling, — dedilar hazrat.