Bugun eski telefonini topib oldi, suratlar, videotasvirlar hammasi ajoyib xotiralarni eslatdi…
– Ehhe… Yuz ellikta esemesim ham turibdiykan-ku! – dedi o‘ziga-o‘zi ko‘zlari porlab!
Ayoli yozgan xabarlar bo‘limiga kirdi:
«Pampers, qatiq, salfetka».
«Uyda tuz tugadi».
«Bizni tezroq olib keting!»
«Non, go‘sht, guruch, sabzi».
«Bugun pul opkeling, ertaga bozorga chiqaman, Shaqini oyog‘iga olish kerak».
«Telefonni ko‘taring!»
«Telefon nega band?!»…
Yana bir qancha ayni ma’nodagi xatlar…
Birdan ko‘zi onasining raqamidan kelgan yagona xabarga tushdi.
Shoshib ochdi:
«Yulam, sygv kediь issmqrox kmsmnm ket!»
Ichi muzlab qoldi. Onasining ko‘zi xira edi, shuning uchun o‘xshash harflarni ajrata olmay shunday deb yozgan bo‘lsa kerak.
Onasi bezovta qilmay deb ko‘pincha telefon qilmasdi, yana… «yo‘ldaligingda telefonda gaplashma» deb havotir xam olib turardi…
Demak, o‘shanda nimadir sabab bo‘lganki, xabar yozib jo‘natgan…
«Bolam uyga kelib issiqroq kiyinib ket»…
«Eh… Onam-a”…