​​Tafakkur vaqti: Kasallikni ketkazish sabablaridan

Abu Bakr Xabbaziy rahimahulloh deydilar: “Og‘ir kasallikka yo‘liqdim.

Meni ko‘rgani bir solih qo‘shnim keldi va menga: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Bemorlaringizni sadaqa bilan davolanglar” degan hadislariga amal qilgin” dedi.

Yoz vaqti edi. Ko‘pgina tarvuz sotib oldimda, faqirlar va yosh bolalardan iborat katta jamoatni yig‘dim. Ularni tarvuz bilan siyladim. Ular yeyishdi va qo‘llarini ko‘tarib Alloh taolodan meni haqqimga shifo so‘rab duo qilishdi.

Allohga qasamki, tong otdi hamki, Alloh tabaroka va taoloning fazli bilan butkul tuzalib, ofiyat topgan edim”.