​​Tafakkur vaqti: TILING BILAN DILING BIR BO‘LSIN

«Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzu-havasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma.

Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, qanoat etmaydigan, bermasa, sabr qilmaydiganlardan bo‘lma.

Yaxshilikka buyurib, o‘zi uni qilmaydigan, yomonlikdan qaytarib, o‘zi undan qaytmaydiganlar jumlasidan bo‘lma.

Solihlarni yaxshi ko‘rib, o‘zi solih bo‘lmaydigan, munofiqlarni yomon ko‘rib, o‘zi munofiq bo‘ladiganlar jumlasidan bo‘lma.

Bajara olmaydigan narsasini gapiruvchi, buyurilmagan narsani bajaruvchi, vafodorlikni talab etib, o‘zi vafo qilolmaydigan kishilar jumlasidan bo‘lma.

*Imom GʻAZZOLIY
*»Qirq hadisi qudsiy» kitobidan.