Bir kishi donishmanddan: «Erkaklar ham yig‘laydimi?», deb so‘radi.
Donishmand: «Ha, erkaklar ham yig‘laydi», deb javob berdi.
Haligi kishi: «Qachon yig‘laydi?», deb so‘radi.
Shunda donishmand:
«Erkaklar, onalari vafot etganda yig‘laydilar.
Erkaklar, otalarini yo‘qotganda yig‘laydilar.
Erkaklar, farzandlaridan birortasi kasal bo‘lib qolganda yig‘laydilar.
Erkaklar, qizlarini turmushga berayotganda yig‘laydilar.
Erkaklar, o‘g‘illari e’tiroz bildirganda, itoatsizlik qilganda, o‘zini katta olganda, qo‘pollik qilganda, bir so‘z bilan bo‘lsa ham qalblariga ozor yetkazganda yig‘laydilar.
Erkaklar, zulmga uchraganlarida, siqilganlarida, farzandalari tomonidan hurmatsizlik ko‘rganlarida yig‘laydilar.
Erkaklar, oila a’zolarining moddiy ta’minotlarini qilishdan ojiz bo‘lib qolganlarida, farzandlaridan birortasiga ehtiyojlari tushib qolganida yig‘laydilar.
Erkaklar, Vatanni sog‘inganda, yaqinlaridan uzoqda bo‘lganda yig‘laydilar.
Erkaklar yig‘laydilar, lekin hammaning ko‘z oldida emas, balki qorong‘u joylarda, yomg‘ir ostida sayr qilayotganda, yostiqqa bosh qo‘yganlarida yig‘laydilar. Ha, ular atroflaridagi yaqinlariga sezdirmasdan yig‘laydilar. Ularning ko‘z yoshlari hamma ko‘radigan tarzda ko‘zlaridan chiqib yanoqlariga oqmaydi, balki qalblaridan otilib chiqib, qalblari uzra oqadi. Buning asari esa, xo‘rsinishlarida, ko‘z qarashlarida, yuzlarini bosgan ajinlarda, sochlariga oralagan oq tolalarda, qo‘llaridagi titroqlarda aks etadi.
Erkaklar mana shunday yig‘laydilar», dedi.