Bu gapimni Jahongirga aloqasi yo‘q. Otajonov — jo‘mard vatandosh. Ammo men bilgan aksar qo‘shiqchilar zehniyati tilanchilik va ta’magirlikdan tarkib topgan. To‘ylarda pul olib o‘rganib qolishgan. Birovning qo‘liga qarab turishadi. Boy otalarni maqtab ashla aytishadi. Cho‘ntagidan chiqarib bir tiyin to‘lagisi kelmaydi.
Bir hurmatli xalq artisti Urganchda men ishlagan xususiy TVda reklama beradigan bo‘ldi. U samimiy bir shaklda: «Cho‘ntagimdan pul bera olmayman. Prinsiplarimga zid. Kirgan narsa chiqmaydi», deya boshqa variant taklif qildi. «Hazoraspdagi bir to‘ydan tushgan pulni pilesoschilar sizga beradi. Men faqat dogovorni olsam bo‘ldi,» dedi. TV buxgalteri o‘sha kuni kech soat 12 gacha to‘yda o‘tirib, reklama pulini olib kelib, kirim qilgandi.
Muddaoga o‘tsam. Sanjay degan Checheniston xalq artisti shoir Usmon Azimni she’rini so‘ramasdan qo‘shiq qilgani uchun shoirga tovon to‘lash bo‘yicha sud qarori bor. Qaror ijro qilinishi kerak. Sanjay shu pulni tanga bilan to‘layman¸ kimning uyida ortiqcha tangasi bo‘lsa, menga obkebersin, deya muxlislariga yuklama qildi. Bu bilan u go‘ë xalq shoirini pastga urmoqchi. Ayni paytda jarima pulini muxlislardan undirmoqchi. «Qo‘shiqchi — haq. Shoir — haqsiz», deyilgani qulog‘imga chalindi. Birinchidan, shoir Usmon Azim — mustaqillikdan oldin erk haqida kuylagan¸ millat yetishtirgan ulug‘ shoir. Sanjay esa Checheniston prezidentiga laganbardor qo‘shiq aytib kremlparast o‘lka xalq artisti bo‘lgan va sirli tarzda u yerdan dumi tugilgan.
Sanjayning jamiyat ikonastasida tutgan o‘rni xalq shoiri Usmon Azimovdan ancha tubanda. O‘rni yo‘q desayam bo‘ladi. Ikkinchidan, she’r — shoirning intelektual mulki. Xuddi rasm rassomniki¸ haykal¸ haykaltaroshniki¸ musiqa bastakorniki bo‘lgani kabi. Iznsiz¸ o‘g‘irlab qo‘shiq qilish qayerdan qarasangiz ham, noto‘g‘ri.
Shu bois har kim haddini bilgani yaxshi. Millatning so‘ng 100 yillik tarixidagi eng yaxshi ijodiy guruh a’zolarini sanashim uchun qo‘limdagi barmoqlarim yetadi. Bu guruh ichida Usmon Azim bor. Usmon Azim daxldor bo‘lgan guruh ijodining yetukligini davr ham davron ham tan olgan.
Ayni paytda yuzminglab qo‘shiq aytuvchilar suruvi bor O‘zbekistonda. Ularning san’atga aloqadorligini hali na davr¸ na davron va na estetika tasdiqlagani yo‘q.
Soqol qo‘ygan odam darrov taqvoli bo‘lmagani kabi zo‘r ijrochi ham bo‘lib qolmaydi.
Bu gaplarim xalq ëzuvchisi Usmon Azimni kamsitimoqchi bo‘lgan ashlachi Sanjay va uning haybarakallachilarga dakkidir.