Tafakkur vaqti: HAYOT SABOGʻI

Bolaligimdan ota-onam bilan yashardim. O‘shanda ulardan hech qachon ajralmayman, ularsiz bir on ham yasholmayman deb o‘ylardim. Ammo bir kun kelib ular vafot etishdi.
Keyin aka-ukalarim bilan yashadim. Ulardan ham ajralmayman derdim, lekin ular oilali bo‘lishdi va o‘z oilalari bilan yashay boshlashdi…
Men ham uylandim. Qizlar, o‘g‘illar ko‘rdim, ulardan ham ayro yasholmayman deb o‘ylardim. Ular ham oilali bo‘lib, o‘z yo‘llariga ravona bo‘lishdi.

Shunda bildimki, odam bilan Parvardigoridan boshqa hech kim abadiy qolmas, Odamning Robbisiga bo‘lgan aloqadan boshqa barchasi uzilishi mumkin ekan.

Ali Tantoviy