Xitoyda zilzila oqibatida 200 tonna spirtli ichimlik to‘kilib, yaroqsiz holga kelgan

Qayd etilishicha, zilzila oqibatida «bayszyu» spirtli ichimligi saqlanadigan omborga zarar yetgan. Oqibatda ichimlik saqlanadigan 170 dan ortiq chinni idish cingan. Spirtli ichimliklar to‘kilishini bartaraf etish uchun qutqaruv xizmatining 55 nafar xodimi va 9 ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.
Ombor atrofiga kuchli spirt hidi tarqalgan. Zilzila 6 ballik bo‘lgani ta’kidlangan. Hodisa oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, hududdagi bir nechta uy qulab tushgan va o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *