Namanganda 59 yoshli ayol YTH oqibatida vafot etdi

Namanganda “Damas” urib yuborgan ayol vafot etdi. Bu haqida Namangan viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qildi.

2021 yil 12 sentyabr kuni soat 19:30 larda, Chorbog‘ MFY Shodlik ko‘chasida, Namangan tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda, harakat xavfsizligini taʼminlay olmaslik oqibatida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, Namangan tumanida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya orqa suyagini sinishi va bosh miya og‘ir darajadagi lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *