IIB xodimlarini xizmat kiyimini yirtib, qo‘lini tishlab olgan fuqarolarga chora ko‘rildi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni soat taxminan 22:00 lar atrofida Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasida joylashgan «Dori-darmon»MCHJga qarashli dorixona ro‘parasida fuqarolar o‘rtasida o‘zaro janjal sodir bo‘lgan. Bu haqida Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati

Aniqlanishicha, «Sho‘rtan»MFYda yashovchi fuqaro X.I o‘zining oldindan tanishi bo‘lgan «Navo» MFYda yashovchi L.A va Gʻ.D lar bir-birini haqoratlab, yon-atrofdagi shaxslarni tinchligini buzib, o‘zaro janjal qilayotgan vaqtida viloyat IIB PPX xodimlari fuqarolar o‘rtasida o‘zaro janjal sodir bo‘layotganligini ko‘rib, jamoat tartibini saqlash hamda oldini olish maqsadida fuqarolarni oldiga borgan.

Janjal qilayotgan fuqarolar L.A., X.I. va Gʻ.D lar IIB PPX xodimlarini qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat kiyimini yirtib, qo‘lini tishlab faol qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 21-sentyabrda Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, L.A. X.I. va Gʻ.D.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi. Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibda ushlandi.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *