Pentagon: «O‘zbekistondagi aviatexnikalar Tolibonlarga qaytarib berilmaydi»

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi O‘zbekiston hududida bo‘lgan aviatexnikalar Tolibon tomonidan foydalanish uchun Afg‘onistonga qaytarilmasligini maʼlum qildi.

AQSH 2021 yil avgustida Afg‘onistonni tark etganida, Afg‘oniston havo kuchlarining ko‘plab xizmatchilari ham shu ishni qilishgandi. Ayrim afg‘on uchuvchilari Afg‘oniston harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlarda oilalarini qo‘shni O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketishgan. Ushbu samolyotlar orasida Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etilgan samolyotlar ham bor edi.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbiga fikrlarini quyidagicha bayon etdi: «Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan Tolibonlar endi ularni qaytarib olishni istamoqda. Biroq, gap Amerikada ishlab chiqarilgan vertolyotlar haqida ketganida, bu ishning amalga oshishi dargumon.

Biz hali ham o‘sha vertolyotlarning joylashishini ishlab chiqmoqdamiz… Ularni qanday boshqarish bo‘yicha qarorlar haqida menda maʼlumot yo‘q, — dedi Kirbi. — Ammo ular Afg‘onistonga “Tolibon” foydalanishi uchun qaytarilmaydi, bu aniq».

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, bu samolyotlar bilan nima sodir bo‘lishi haqidagi yakuniy qaror ustida Mudofaa vazirligi hali ham ishlamoqda.