O’zbekiston yanvar oyida qancha elektromobil import qilgan?

O‘zbekiston yanvar oyida 122 ta elektromobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyida O‘zbekiston 3 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 122 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 70 taga oshgan.

Yanvar oyida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

• Xitoy – 119 ta;

• Estoniya – 2 ta;

• Germaniya – 1 ta.