Tafakkur vaqti: Go‘zal tavsiya

Bir hakim zotdan:
— Inson qanday sabr qilishi mumkin? – deb so‘radilar.
Muborak zot shunday javob beribdi:

—Hammasini unutib yuborasiz, keyin sabr qilasiz.
Bu eng go‘zali;

— Nimaiki bo‘lsa qabul qilasiz, keyin sabr qilasiz.
Bu eng to‘g‘risi;

—Hammasidan voz kechasiz, keyin sabr qilasiz.
Bu eng qiyini;

—Yana bor, barcha ishni Allohga topshirasiz, keyin sabr qilasiz
Bu esa sabrning eng kattasidir.

«Hikmatlar xazinasi» risolasidan