“Koronavirus olami” da nima gaplar?

Kecha yurtimizning 3 ta hududida yana 20 nafarga yaqin kishida kasallik aniqlandi

2022 yil 10 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238088 (+17) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
• 1 nafari Andijon viloyatida,
• 7 nafari Toshkent viloyatida,
• 9 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
• Toshkent viloyatida 12 nafar,
• Toshkent shahrida 29 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 236022 (+41) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.