O‘zbekistonda uch oyda necha so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani ochiqlandi

2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 24,1 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga oshgan.

Qurilish ishlari hajmi tarkibida:

• kichik korxona va mikrofirmalar – 58,6 %

• yirik tashkilotlar – 23,5 %

• norasmiy sektor – 17,9 %