Koronavirus chekinmoqda(mi)?

2022- yil 3- may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238636 (+8) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Toshkent shahrida 19 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 236765 (+19) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.