Termiz shahrining sobiq hokimi qamoqqa olindi

Termiz shahar sobiq hokimi I.Xudayberdiyev va yana bir qancha mansabdor shaxslar 5 ta holat bo‘yicha davlatga 19,7 mlrd so‘m moddiy zarar yetkazganlikda ayblanib qamoqqa olindi.

Bosh prokuratura tomonidan mazkur shaxslarning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi, 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi «a» bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar aniqlanib, Termiz shahar sobiq hokimi I.Xudayberdiyev va bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.