Respublikamizda oilalar soni nechta?

2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oilalar mavjud. Bu haqida Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Respublikamiz hududlari orasida eng ko‘p oilalar Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Viloyatdagi oilalar soni 1 023 042 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida respublika bo‘yicha 25 687 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

2021 yilning yanvar-avgust oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajrimlar soni quyidagicha:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 964 ta;
• Andijon viloyati – 2 583 ta;
• Buxoro viloyati – 1 372 ta;
• Jizzax viloyati – 841 ta;
• Qashqadaryo viloyati – 1 795 ta;
• Navoiy viloyati – 831 ta;
• Namangan viloyati – 1 997 ta;
• Samarqand viloyati – 2 662 ta;
• Surxondaryo viloyati – 1 494 ta;
• Sirdaryo viloyati – 894 ta;
• Toshkent viloyati – 2 722 ta;
• Farg‘ona viloyati – 2 848 ta;
• Xorazm viloyati – 975 ta;
• Toshkent shahri – 3 709 ta

Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlardan shuni ko‘rish mumkinki, eng ko‘p ajralishlar soni Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati, Toshkent viloyatida qayd etilgan.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *