Fermer xo‘jaligining yer maydonini 50 ming dollarga sotib yuborgan firibgar qoʻlga olindi

Toyloq tumanida fermer xo‘jaligining yer maydonini
9 nafar fuqaroga sotgan firibgar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.Ya. “A.Yo.” fermer xo‘jaligiga uzoq muddatga ijara shartnomasi asosida ajratilgan 4,9 gektar yer maydonini 9 nafar fuqaroga uy-joy qurish uchun jami 49 800 AQSH dollariga sotib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.